Gonkongda bo‘lib o‘tgan Sotheby's auksionida XV asrda, Xitoyning Min sulolasi davrida tayyorlangan chinni kosa 29,5 million dollarga sotildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Mazkur xarid Xitoyda ushbu davrga oid buyumlar uchun belgilangan eng yuqori narxlardan biri bo‘ldi. Oq chinnidan tayyorlangan, diametri 23 santimetr bo‘lgan kosa baliqlar va nilufar gullari bilan bezatilgan.
Sotheby's auksion uyi vakiliga ko‘ra, 6 asr avvalgi kosa juda yaxshi saqlangan. 1963-yilda Tokio milliy muzeyi, 1966-yilda esa Kioto muzeyida namoyish etilgan.
Ma’lumot uchun, Min sulolasi davriga oid chinni buyumlar orasida bahosi bo‘yicha birinchi o‘rin xo‘rozlar tasviri bilan bezatilgan kosaga tegishli bo‘lib turibdi. U 2014-yilda Gonkongda 36,5 million dollarga sotilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)