Samarqand shahrida O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti qoshidagi Turon Fanlar akademiyasining viloyat vakolatxonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasi xabar bermoqda.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi

Foto: Samarqand viloyat hokimligi

Marosimda akademiya a’zolari, professor-o‘qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda akademiya faoliyati, vakolatxonaning maqsad va vazifalari, unga a’zo bo‘lish tartibi haqida ma’lumot berildi.

– Turon Fanlar akademiyasi nodavlat- notijorat tashkilot bo‘lib, unga millati, fuqaroligi, yashash joyi, tili va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, turli soha vakillari a’zo bo‘lishi mumkin, — deydi akademiya prezidenti, tarix fanlari doktori Haydarbek Bobobekov. – A’zolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, maqola va ishlanmalar akademiyaning “Turon tarixi”, “Istoriya Turana” jurnallari hamda “Turon Fanlar akademiyasining axborotnomasi”da chop etib boriladi.

Tadbirda Farhod Ahmadjonov vakolatxonaning rasmiy vakili etib tayinlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!