Avstraliya va AQSh olimlari tirannozavr turiga kiruvchi yangi dinozavrni aniqladi. U Daspletosaurus horneri deb ataladi. Bu haqda USA Today nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Paleontologlar dinozavr qoldiqlarini AQShning Montana shtati hududida topgan. Skeletlarga ko‘ra, hayvonning balandligi 2,2 metrni, uzunligi esa 9 metrni tashkil qilgan.
Boshining old qismida tekis tangachalardan iborat yuqori sezgirlikka ega himoya qatlami joylashgan. Olimlarning taxmin qilishicha, aynan shu qatlam dinozavrga o‘z o‘ljasining qayerdaligini aniqlashga imkon bergan.
Dinozavrning boshi hozirgi timsohlarning boshiga o‘xshab ketadi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yangi tur 66—100 million yil avval Shimoliy Amerikada yashagan yirik yirtqichlar turiga mansub.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)