Fransiya prezidentligiga nomzod Jan-Lyuk Melanshon Fransiya Yevropa Ittifoqining barcha muhim kelishuvlaridan chiqishi lozim deb hisoblashini bayon qildi. Bu haqda u teledebatlarda ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Fransiya Yevropa Ittifoqining barcha muhim kelishuvlaridan chiqishi lozim degan fikrdaman. Bryusseldan bizga mamlakatda qanday ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar o‘tkazish kerakligi haqida buyruq berilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, Yevropa Ittifoqi Fransiyadagi mehnatkashlarning yuqori darajada ekspluatatsiya etilishi bilan bog‘liq vaziyatni keltirib chiqaradi. U Yevropa Ittifoqining mazkur chegaralari Fransiyaning o‘z islohotlar quvvatidan foydalanishiga to‘sqinlik qilishini qo‘shimcha qildi.
U, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Kanada va AQSh bilan erkin savdo zonalari to‘g‘risidagi kelishuvlari Fransiyaning iqtisodiy ahvolini yanada yomonlashtirishini ma’lum qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!