AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi Yaqin Sharq va Afrika shimolidagi bir qator mamlakatlar aviakompaniyalariga tegishli samolyotlarni tanlab tekshirishni kuchaytirish haqida maxfiy topshiriq berdi. Bu haqda 4-aprel, seshanba kuni CNN telekompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Telekanal manbalariga ko‘ra, qo‘shimcha tekshirishlar o‘tgan oyda samolyot salonida smartfondan katta o‘lchamdagi elektron qurilmalarni o‘zi bilan olishga taqiq bilan bir vaqtda joriy etilgan.
Bu vazifa AQSh transport xavfsizligi milliy boshqarmasi xodimlariga yuklatilgan. Ular portlovchi qurilmalar yoki moddalarni topishga mo‘ljallangan xizmat itlari va maxsus qurilmalardan foydalanish imkoniga ega.
Maxfiy tekshirishlarda asosiy e’tibor samolyotning bagaj bo‘limiga qaratiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)