Avstraliya politsiyasi narxi qariyb 690 million AQSh dollariga teng og‘irligi bo‘yicha rekord hisoblangan qattiq ta’sir quluvchi metamfetamin (“ays”) giyohvand moddasini musodara qildi. Bu haqda Avstraliya bosh prokurori o‘rinbosari, Adliya vazirligi vakili Maykl Kinan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Federal politsiya va Viktoriya shtati huquq-tartibot xodimlari tomonidan Melburnda olib borilgan operatsiya davomida kukun ko‘rinishidagi 903 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi.Politsiya 53 va 36 yoshdagi ikki erkakni qo‘lga oldi. Ularga giyohvand moddalar kontrabandasi bo‘yicha ayblov qo‘yiladi. Jinoyatchilarning ismi hozircha ma’lum qilinmagan.Maykl Kinan, Avstraliya bosh prokurori o‘rinbosari
Musodara qilingan giyohvand moddalar Avstraliyada umumiy og‘irligi bo‘yicha rekord hamda narxi bo‘yicha ikkinchi hisoblanadi. O‘tgan yilning fevral oyida 960 million dollarlik 720 litr metamfetamin aniqlanib, musodara qilingandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)