Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari so‘nggi ikki hafta ichida Guandun provinsiyasi hududida 70 dan ziyod guruhdan iborat uyushgan jinoyatchilik tarmog‘ini yo‘q qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Xitoy markaziy televideniyesi jami 810 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
Mart oyining ikkinchi yarmida tashkil etilgan “Bo‘ron-4” operatsiyasi doirasida politsiya tomonidan provinsiyaning 21 ta shahrida reydlar o‘tkazilib, ko‘p miqdorda sovuq va o‘qotar qurollar tortib olindi.
Operatsiya davomida erishilgan yutuqlardan biri bir necha “martabali” yirik jinoiy shaxsning qo‘lga olinishi bo‘lgani qayd etildi.
Katta miqyosdagi operatsiya doirasida tartibni saqlash xodimlari 180 dan ziyod jinoyat, jumladan firibgarlik, tovlamachilik, odam o‘g‘irlash, davlat hokimiyatining mahalliy organlariga zarar yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni fosh etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)