Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha WSB musobaqasining guruh bosqichi 5-turida Uzbek Tigers jamoasi oldinga chiqib oldi.
Astana Arlans klubiga qarshi ilk jangga -64 kilogramm vazn toifasida Elnur Abduraimov chiqib keldi. Uning raqibi 21 yoshli Dilmurod Mijitov bo‘lib, jang o‘zbekistonlik sportchining 3:0 hisobidagi g‘albasi bilan yakuniga yetdi.
Abduraimov va Mijitov jangi ehtiyotkorlik bilan boshlangan bo‘lsa-da, uning yakunida bokschilar anchagina faollashdi. Yakunda Elnur Abduraimov 50:45, 49:46, 48:47 hisobida ustun keldi.
“Sports.uz” nashri ma’lumotiga ko‘ra, Elnur Abduraimov Uzbek Tigersning WSB’ning o‘tgan mavsumida 4 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Elnur Abduraimov Rio—2016 litsenziyasiga ega chiqqaniga qaramay, yakunda Olimpiadadan chetda qolib ketgandi.
Izoh (0)