Top Gear teleshousining haydovchisi — Stig bamperli attraksion avtomobilida jahon rekordini o‘rnatdi. U soatiga 164,475 kilometrgacha tezlik olishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Motor”.
Top Gear iltimosiga ko‘ra ushbu loyiha bilan taniqli ixtirochi, YouTube kanalida 4,5 million obunachiga ega bo‘lgan Kolin Fyorz shug‘ullandi.
Kichik avtomobilni yaratish uchun Fyorzga uch haftadan ortiq vaqt kerak bo‘ldi. Attraksion mashinasi 101 ot kuchiga teng Honda’ning mototsikl dvigateli bilan jihozlangan edi.
Ginnessning rekordlari kitobi qoidasiga ko‘ra, amalga oshirilgan ikkita haydashdan keyin o‘rtacha tezlik rekord hisoblanadi.
Buyuk Britaniyaning Saffolk shahridagi Bentuoters aerodromining uchish-qo‘nish yo‘lakchasida amalga oshirilgan haydashning birinchisida Stig soatiga 172,827 kilometr, ikkinchisida soatiga 150,124 kilometrgacha tezlikka erishdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)