Kanadada eski avtomobillarning qabristoni sifatida ishlatiladigan yer uchastkasi sotuvga qo‘yildi. Ko‘chmas mulk bilan birgalikda xaridor 340 taga yaqin mashinaga ham ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Motor”.
Sotuvga qo‘yilgan yer maydonida turar-joy binosi, 83 kvadrat metrga teng garaj, 111 metrli angar, shuningdek, yana bitta bino barpo uchun etish yetarli bo‘lgan, maydoni 743 metr kvadratga teng materiallar mavjud.
E’londa, shuningdek, yer maydoni bilan birga sotilayotgan avtomobillarning narxi 370 dollardan 26 ming dollargacha yetishi mumkinligi ta’kidlangan.
Mazkur yer uchastkasi 1 million 450 ming Kanada dollari (taxminan 1 million AQSh dollari)ga sotilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)