Suriya armiyasi Xama viloyatidagi (Damashqdan 220 kilometr masofada) shimoli-g‘arbiy frontda tashabbusni o‘ziga qaytardi va qarshi hujumga o‘tdi. Bu haqda Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakili SANA agentligiga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Qo‘mondonlik vakili o‘tgan olti kun ichida hukumat kuchlari “Jabhat an-Nusra” va ular tomonida kurashayotgan boshqa ekstremistik guruhlarning 2,2 ming terrorchisini yo‘q qilganligini ma’lum qildi.
Harbiy vakil ma’lumotiga ko‘ra, 26 ta zirhli texnika ishdan chiqqan va dushmanning yettita boshqaruv punkti yo‘q qilingan.
Izoh (0)