Karlos Shoqol laqabi bilan butun dunyoga tanilgan terrorchi Ilyich Ramires Sanches uchinchi bor bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Venesueladan chiqqan terrorchi uchinchi hukmni 1974-yil Parijdagi do‘konlardan birida ikki kishining umriga zomin bo‘lgan portlashni tashkillashtirgani uchun qabul qilib oldi.
Ilyich Ramires Sanches 1970-1980-yillarda amalga oshirgan qator qotilliklar uchun jazolanmoqda. 2013-yilda Fransiya sudi Karlos Shoqolga berilgan ikkinchi bir umrlik qamoq jazosini bekor qilmagan edi.
Izoh (0)