O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Qatarga qarshi maydonga tushadigan tarkibni e’lon qildi.
Darvozani odatdagidek Aleksandr Lobanov egalladi. Jarohatlangan Vitaliy Denisov o‘rnida bu safar Aleksandr Merzlyakov to‘p suradi. Sariq kartochkalari sabab maydonga tusha olmaydigan Islom To‘xtaxo‘jayev esa o‘rnini Davron Hoshimovga bo‘shatib bergan. Xitoyda umuman maydonga tushmayotgan Yegor Krimets asosiy tarkibdagi o‘rnini bo‘shatmagan.
Odil Ahmedov va Aziz Haydarov tayanch yarim himoyada to‘p suradi. Jarohati sabab Suriyaga qarshi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda o‘tkaza olmagan Eldor Shomurodov va Qatarda to‘p surayotgan Sardor Rashidov bu safar maydonga tushadi. Ularni Server Jeparov umumlashtiradi.
Qatar Yulduzlar ligasida ketma-ket gol urayotgan Temurxo‘ja Abduxoliqov yana e’tibordan chetda qoldi. Uning o‘rnida Igor Sergeyev harakat qiladi.
Izoh (0)