Hyundai Santa Fe Antarktidani kesib o‘tgan birinchi yengil avtomobilga aylandi. Mashina Yunion Kempdan Mak-Merdogacha va ortga bo‘lgan masofani 30 kun ichida bosib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Motor”.
Sayohat uchun Arctic Trucks kompaniyasi tomonidan ba’zi o‘zgartirishlar qo‘shilgan Santa Fe modelidan foydalanildi. Avtomobilni afsonaviy qutb tadqiqotchisi Ernest Shekltonning evarasi Patrik Bergel boshqardi. Sayohat vaqtida mashina borti ortida havo harorati Selsiy bo‘yicha -28 darajagacha tushdi.
Ma’lumot uchun, Ernest Shekltonning Transantarktika ekspeditsiyasining 100 yilligi (1914–1917-yillar) munosabati bilan o‘tkazilgan sayohat haqida film suratga olindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)