Butun dunyo bo‘ylab sayohat qilgan 2007-yilgi Land Rover Discovery yo‘ltanlamasi Gretsiyada sotuvga qo‘yildi. Avtomobil 24 ming yevroga baholandi, deb xabar bermoqda “Motor”.
Yo‘ltanlamas gretsiyalik jurnalist Akis Temperidis tomonidan tashkil etilgan The World Offroad ekspiditsiyasida ishtirok etgan. Mazkur avtomobil besh qit’a va 67 mamlakatni 3 yil-u 82 kunda bosib o‘tdi.
Land Rover Discovery’ning bosib o‘tgan masofasi 197 ming kilometrga teng, ammo 102 ming kilometrda mashinaning dvigateli almashtirilgan.
Sayohatdan so‘ng avtomobil Salonika shahridagi Texnologik muzeyga qo‘yilgandi, ammo hozirda Land Rover Discovery Akis garajida, yaxshi holatda saqlanib turibdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)