Ertaga — 28-mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashi doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi.
O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Qatarga qarshi uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar maydonga oq rangli libosda chiqib keladi. Qatar esa o‘zining asosiy libosi bo‘lgan to‘q qizil rangli formada to‘p suradi.
Qayd etish kerak, Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qabul qilib olganidan buyon futbolchilar oq rangli forma kiymagandi. Jamoa mundial saralashi davomida 13 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning barchasida ko‘k rangli libosda harakat qilgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi saralashning hal qiluvchi bosqichida 3 ta mag‘lubiyat qabul qilib ulgurgan: Eron (0:1), Janubiy Koreya (1:2), Suriya (0:1). Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar 9 ochko bilan guruhda uchinchi bo‘lib turibdi.
Izoh (0)