Yaponiyaning Nissan kompaniyasi rul gidrokuchaytirgichidagi nosozlik tufayli Shimoliy Amerika bozoridan 56 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi. Bu haqda avtomobil ishlab chiqaruvchining Amerika filiali 25-mart, shanba kuni ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Chaqirib olish 2013—2014-yillarda chiqarilgan Murano modelidagi krossoverlarga aloqador. Kompaniyaning ta’kidlashicha, zavod nuqsoni tufayli chaqirib olinayotgan avtomobillarda boshqaruv ruli gidrokuchaytirgichi ishchi suyuqligining oqib ketish ehtimoli yuqori bo‘lib, u esa, o‘z navbatida, juda tez alangalanishi mumkin.
“Agar suyuqlik qizib turgan dvigatelga tushsa, alanga chiqishi mumkin”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Nissan nosozlikni bepul bartaraf etishini ma’lum qildi. Hozirgi paytda ko‘rsatilgan nosozlik tufayli biror bir hodisa yuz berganligi haqida ma’lumot yo‘q. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)