IShID terrorchilik tashkilotining mina bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislaridan biri Iroqning Mosul shahri yaqinidagi hududda tasodifan o‘zini va to‘rt nafar yordamchisini portlatib yubordi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Abu Hamza at-Tunisiy bilan bog‘liq favqulodda vaziyat Tall-Afar shahridagi ikki qavatli turar-joy binosiga portlovchi moslamani o‘rnatishga urinayotgan vaqtida sodir bo‘lgan.
Mutaxassisning ismi uning Tunis fuqarosi bo‘lishi mumkinligiga ishora qilmoqda, deyiladi manbada.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.