Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga salomatlik poyezdi jo‘nab ketdi. Ushbu aksiya “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 29-martga qadar salomatlik kunlari o‘tkaziladi.
Toshkent shahridan borgan shifokorlar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Chekka qishloqlarda yashayotgan ayollar va bolalar chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
“Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib boriladi. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yordam ko‘rsatiladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)