Abdushukur Abdullayev O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Hukumat portalida e’lon qilingan axborotga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli farmonni 17-mart kuni imzolagan.
“Gazeta.uz”ning yozishicha, Abdushukur Abdullayev (1959-yilda tug‘ilgan) bungacha 2005-yildan beri Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)