O‘zbekistonda “O‘zto‘qimachilikeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkiloti tashkil etiladi, deb xabar beradi O‘zA.
“O‘zto‘qimachilikeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkiloti to‘qimachilik sanoatida korxonalarni muntazam ravishda texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilishda ham faol ishtirok etishi mo‘ljallanmoqda.
Mazkur savdo tashkilotining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi. Bunda, eng avvalo, tizimdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga marketing, axborot va konsalting xizmatlari ko‘rsatish, ko‘rgazmalarda va matbuot nashrlarida reklama tadbirlarini amalga oshirish, eksport salohiyatini keng yoritish hisobiga yengil sanoat mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘mak berish rejalashtirilmoqda.Yangi tuzilmaning maqsadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek, xorijda tashkil etilayotgan savdo uylari orqali mahsulotlarni eksportga sotishda yengil sanoat korxonalariga tizimli asosda ko‘maklashishdir.Davron Akbarov, “O‘zbekyengilsanoat”ning To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi direktori
O‘zbekistonda ishlab chiqarilmayotgan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni yetkazib berish, shuningdek, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish uchun zarur bo‘lgan to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlari bilan ta’minlash hisobiga tarmoq ichidagi kooperatsiyani rivojlantirishga ko‘maklashish ham mazkur tashkilotning zimmasiga yuklangan.
Izoh (0)