1963-yil 21-mart kuni Alkatras orolida joylashgan, o‘ta xavfli jinoyatchilar uchun mo‘ljallangan qamoqxona yopilgan edi. Sakkiz yil o‘tgach orol “Oltin darvoza” milliy dam olish zonasining bir qismiga aylandi va keyinroq sayyohlar uchun ochildi. TJournal Alkatrasga tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan olingan fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ttiz yillik faoliyati davomida qamoqxonadan birorta ham qochish muvaffaqiyatli amalga oshmagan, biroq oxir-oqibat qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan besh kishi topilmagan, deb hisoblaniladi.
Taniqli qamoqxona turli yillarda kino ijodkorlarini ilhomlantirgan. Klint Istvud ishtirokidagi “Alkatrasdan qochish” filmi qamoqxona mahbusi Frenk Morris hikoyalari asosida suratga olingan. Shon Konneri va Nikolas Keyj ishtirokidagi “Qoya” filmi voqealari Alkatrasda bo‘lib o‘tgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)