Suriya armiyasi Aleppo viloyati sharqida hujumlarni davom ettirmoqda va hozirgacha 11 aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda ”Kommersant” xabar bermoqda.
“Suriya armiyasi ittifoqdosh otryadlar bilan muvaffaqiyatli harbiy operatsiyani davom ettirmoqda. Operatsiya doirasida Ayub va Axmar strategik tepaliklari, shuningdek, Rasm al-Qurum, Xmeyma Kabira, Xmeyma Sag‘ira, Umm Zalil-G‘arbiya, Umm Zalil-Sharqiya, Xazaza, Asima, Kureyn, Zubayda, Xasaf va Al-Mabuja aholi punktlarida nazorat o‘rnatishga erishildi”, — deya ma’lum qildi mamlakat armiyasidagi manba.
Manbaga ko‘ra, IShIDning o‘nlab jangarilari o‘ldirildi va jarohatlandi. Guruh o‘ziga tegishli qurol va harbiy texnikaning katta qismidan mahrum bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)