Yaponiya tarixida ilk bor fuqarolik mudofaasining KXDR tomonidan raketa hujumi ehtimoliga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb yozadi “TASS”.
Mashg‘ulotlar 17-mart, juma kuni mamlakat bosh oroli Xonsyu shimolidagi Akita prefekturasida o‘tkazildi. Mahalliy ma’muriyat rasmiy xabarida ma’lum qilinishicha, o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi vaqt taqchilligi sharoitlarida aholi evakuatsiyasini ishlab chiqishdir.
O‘quv mashg‘ulotlari ssenariysiga ko‘ra, Yaponiya qurolli kuchlari shartli dushman ballistik raketasining Akita prefekturasidagi Oga burni yo‘nalishida parvozini qayd etdi. Bu haqdagi xabar hukumat aloqasi tezkor tizimi orqali yetkazildi va prefektura hukumati ko‘proq xavf ostida bo‘lgan hudud aholisini tezkor evakuatsiya qildi.
Mashg‘ulotlar davomida evakuatsiya haqidagi xabarlar ovoz kuchaytirgichlar orqali uzatildi, shuningdek, mahalliy aholi smartfonlariga yuborildi. O‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilari tezda o‘z uylarini tark etib, ma’muriy bino va maktablar yerto‘lasiga yashirindi.
Izoh (0)