“Barselona” hujumchisi Neymar joriy mavsumda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘z jamoasi uchun eng ko‘p jarima zarbasi ishlab bergan futbolchi bo‘ldi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy mavsumda 25 yoshli braziliyalik futbolchiga nisbatan 99 marotaba qoida buzilgan. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni “Chelsi” futbolchisi Eden Azar egallab turibdi – 75.
Kuchli uchlikdan “Barselona”ning yana bir hujumchisi Lionel Messi joy oldi – 51.
2014/15-yilgi mavsumdan buyon Eden Azarga nisbatan APLda 258 marta qo‘pollik ishlatilgan. Bu borada “Kristal Pelas” futbolchisi Uilfrid Zaxa ikkinchi o‘rinda – 210. “Liverpul” yarim himoyachisi Sadio Mane esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi – 195.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)