Belgiyaning Antverpen shahri rasmiylari Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on tarafdorlarining mitingini taqiqladi. Bu haqda 14-mart, seshanba kuni Le Soir gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Miting turk diasporasining respublikada prezident vakolatlarini oshirish bo‘yicha 1-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum oldidan prezidentni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan edi.Nashrning ma’lum qilishicha, Antverpen burgomistri va “Yangi flamand alyansi” o‘ng partiya yetakchisi Bart De Vever tashkilotchilarga Turkiyaning bir necha ming fuqarosi ishtirok etishi kerak bo‘lgan mitingga ruxsat bermadi.
Avvalroq qirollik IIV rahbari Yan Yambon ommaviy aksiyalar o‘tkazish haqidagi qarorni mahalliy hukumat qabul qilishi kerakligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)