Dunyoga mashhur Euronews telekanali Qo‘qon va uning asosiy diqqatga sazovor maskani — Xudoyorxon saroyi haqida hikoya qiladi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Joriy haftada “O‘zbekistondan suratli nomalar” (Postcards from Uzbekistan) turkumi muxbiri Sheymus Kerni Qo‘qon shahri haqida hikoya qiladi.
Mazkur shaharning o‘ziga xos jihatlarini sanash davomida muxbir Qo‘qon nomi “ajoyib, benazir shahar” deya tarjima qilinishini e’tirof etadi.
Dasturda betakror rang-barangligi va hashamatli ziynati bilan mashhur bo‘lgan Xudoyorxon saroyi bir vaqtlar Markaziy Osiyodagi eng ulkan inshoot bo‘lgani qayd etiladi.
Shuningdek, ziyoratchilar o‘zining ulkanligi bilan hayratga soluvchi saroy old ko‘rinishidan o‘tib, salobatli va nafosat bilan ishlangan ichki hovlilar, xonalar va mehmonxonalarga kirishi mumkinligiga alohida urg‘u beriladi.
Ekskursiyani olib boruvchi Madina Abdullayeva bir vaqtlar saroyda 114 ta xona va yettita hovli bo‘lgani haqida hikoya qiladi. Bugungi kungacha esa bor-yo‘g‘i 19 ta xona saqlanib qolgani, sayohatchilar to‘rtta ichki hovlini ziyorat qilishlari mumkinligi ta’kidlanadi.
Ma’lum qilinishicha, qadimiy me’moriy va tasviriy durdonalar go‘zalligini saqlab qolish maqsadida Xudoyorxon saroyida ta’mirlash ishlari bir kun ham to‘xtatilmayapti.
Qo‘qon va uning diqqatga sazovor joylari haqidagi lavha tomoshabinlar hukmiga quyidagi jadval orqali taqdim etiladi:
Izoh (0)