Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning ikki bosh qoramolini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi fosh etilib, u qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)