Xalq deputatlari Narpay tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi Bahodir Yusupov o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayev tavsiyasiga ko‘ra, Botir Jabborov Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.
U shu paytgacha “O‘zstandart” agentligi Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)