O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tez orada siyosiy boshpana berishni boshlaydi, deya xabar bermoqda “1news.uz”.
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni (pdf)da Prezident devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmatiga qator vazifalarni yukladi.
Xususan, xizmat ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 22-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlarini nazarda tutuvchi Siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishi va tasdiqlash uchun kiritishi kerak.
Konstitutsiyaning 93-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari belgilangan bo‘lib, 22-bandga ko‘ra, u “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi”.
Izoh (0)