“Angren” erkin iqtisodiy zonasida sanoat uchun mo‘ljallangan metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha korxona tashkil qilinadi, deb yozadi UzDaily.
“Angren” EIZ direksiyasi Turkiyaning DAL Teknik Makina Ticaret Ve Sanayi Anonim Sirketi kompaniyasi bilan hamjihatlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi, unga ko‘ra, “Angren” EIZ hududida jami investitsiya summasining dastlabki qiymati 10 million dollarga teng bo‘lgan sanoat uchun mo‘ljallangan metall konstruksiyalarni ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etiladi.
Loyiha EIZning Ohangaron blokida amalga oshiriladi. Korxonaning umumiy maydoni 6 gektarni tashkil qiladi.
Ayni paytda loyiha tashabbuschilari tomonidan EIZ Ma’muriy kengashi a’zolariga taqdim etish uchun hujjatlar paketi tayyorlanmoqda.
Loyihani 2017-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)