Shotlandiyalik Grem Findli Facebook’dagi sahifasiga pichan g‘aramiga boshi bilan tiqilib qolgan qo‘y suratini joyladi. U suratni 4-mart kuni dalada sayr qilib yurganida tushirganini yozdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Findlining posti katta qiziqishga sabab bo‘ldi va minglab layklarni to‘pladi.
Suratga izoh yozganlar ular bekinib olgan qo‘yni juda yaxshi tushunishini ta’kidlab, uning g‘aram ichidan igna qidirayotganini taxmin qildi. Shuningdek, qo‘yning ushbu holati tuyaqushni eslatayotganini aytib, hazillashishdi.
Izoh (0)