Yaponiyada yovvoyi to‘ng‘izlar Fukusima atom elektr stansiyasi yaqinidagi huvillab qolgan shaharlarni egallab oldi.
“Gazeta.ru”ning yozishicha, bu shaharlar aholisi 2011-yilgi zilzila, sunami va Fukusima AESdagi avariya oqibatida xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan edi.
Ekspertlarning fikricha, tog‘lardan tushib kelgan to‘ng‘izlar endi ortga qaytmoqchi emas — ular o‘zlari uchun yemish ko‘p va yirtqichlardan holi juda qulay joy topgan.
Tez orada Fukusima yaqinidagi bir necha shahar aholi uchun yana ochilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, to‘ng‘izlar odamlarga hujum qilib qolishining oldini olish maqsadida, ularga qarshi kurash uchun ovchilar yollangan.
Hukumat bu to‘ng‘izlarning go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlagan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)