Janubiy Koreya Respublikasi yadro qurolidan xolilik maqomidan voz kechishni rejalashtirmayapti. Koreya Respublikasi TIV rasmiy vakili Seuldagi brifingda mazkur bayonotni ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Shu tariqa u OAVlarning Koreya yarimoroli janubida AQSh yadro qurolini joylashtirish ehtimoli haqidagi xabarlariga izoh berdi.
“Biz bu kabi xabarlardan voqifmiz. Biroq Koreya Respublikasi hukumati yadro qurolidan xolilik maqomiga sodiqligini saqlashda davom etadi”, — deb ta’kidladi diplomat.
Amerika 1991-yilgacha Koreya Respublikasida taktik yadro qurolini saqlab kelgan. Biroq u Seul va Pxenyan Koreya yarimorolining yadro qurolidan xolilik maqomi haqida kelishib olgandan so‘ng olib chiqib ketilgan.
Izoh (0)