26-fevral, yakshanba kuni Dushanbeda Rossiyaning “Yedinaya Rossiya” partiyasi va Tojikiston Xalq demokratik partiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tantanali imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tojikiston Xalq demokratik partiyasining raisi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hisoblanadi.
Hamkorlik haqidagi kelishuvning imzolanishi Rossiya—Tojikiston strategik hamkorligini yanada mustahkamlash imkonini beradi, shuningdek, uning parlamentlar darajasida rivojlanishi uchun yangi turtki beradi.Tadbir yakunlangandan so‘ng Rossiya va Tojikiston partiyalari vakillari a’zolar va partiya faollarining tantanali yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda ishtirok etganlar imzolangan kelishuvning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati haqida xabardor etildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Sergey Jeleznyak, “Yedinaya Rossiya” bosh kengashi kotibining o‘rinbosari
Izoh (0)