Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiluvchi o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov sakkizinchi jangidagi yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Jang AQShning Kaliforniya shtatiga qarashli Temekula shahridagi Pechanga Resort & Casino arenasida bo‘lib o‘tdi. Unda amerikalik Xose Marrufoga qarshi ringga chiqqan Sanjar Rahmonov ochkolar hisobi bo‘yicha ustun keldi. Jang sakkiz raund davom etishi belgilab olingandi.
Rahmonov o‘zi o‘tkazgan sakkiz jangning faqatgina bittasida durangga erishgan bo‘lib, qolgan yettitasini o‘z foydasiga hal qilgan. Shularning 3 tasida raqiblarini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)