Joriy yilning 20-fevral kuni Buxoro viloyat hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshqarib bordi. Bu haqda viloyat hokimligi apparati axborot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish va xavfsizlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy himoya tizimidagi masalalar muhokama etildi.
Ayni paytda viloyatdagi 276 ta qishloq vrachlik punktining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularning 71 tasini poliklinikaga aylantirish, 68 tasini qishloq vrachlik punkti sifatida, 42 tasini tez tibbiy yordam bo‘limi sifatida saqlab qolish bo‘yicha takliflar tayyorlangani qayd etildi.
Muhokamada tizimlardagi ba’zi muammolar tahliliga ham e’tibor qaratildi. Hokimlik soatida yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)