AQSh prezidenti Donald Tramp ommaviy axborot vositalari (OAV)ni insoniyat dushmanlari deb atadi. Tramp bu haqda, “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasidagi chiqishi davomida aytib o‘tgan.
Ayni vaqtda, AQSh prezidenti feyk (soxta) yangiliklar va umuman OAV o‘rtasida tafovutlar borligini ham qayd etib o‘tgan.
“Men mediani insoniyat dushmanlari deb atadim, ular haqiqatan ham dushman. Ularning ishonchli manbalari yo‘q. Men matbuotga qarshi emasman, yaxshi hikoyalarni yaxshi ko‘raman, biroq men matbuotdagi feyk yangiliklarga qarshiman”, — dedi Tramp.
Avvalroq Tramp AQShning bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalarini Amerika xalqining dushmanlari deb e’lon qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)