Suriyaning Al-Bob shahri yaqinidagi portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 60 kishidan oshib ketgan, o‘nlab odamlar tan jarohati olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Daily Sabah nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 42 kishi Turkiya bilan chegaradagi Kilis viloyati shifoxonalariga yuborilgan.
Avvalroq Reuters agentligi hodisa oqibatida 41 kishi halok bo‘lgan, qurbonlarning 35 nafari tinch aholi vakillari ekanini ma’lum qilgan edi.
Portlash shahardan sakkiz kilometr masofada yuz bergan. Terakt IShID jangarilari tomonidan amalga oshirilgan, deb taxmin qilinmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)