O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari davomida O‘zbekiston olimlari tomonidan tayyorlangan o‘rmon fondi yerlarida shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo sanoati yuksalishiga xizmat qiladigan yangi loyihalar bilan tanishdi
O‘zAning yozishicha, ushbu o‘simlik tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Uni ko‘paytirish O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar xomashyosini mahalliy sharoitda yetishtirish va oziq-ovqat ziravori sifatida eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston florasi dorivor giyohlarga boy ekanini, xususan, shafran o‘simligidan qadimdan xalq tabobatida keng foydalanib kelinganini ta’kidladi.
Prezident hozirgi vaqtda O‘zbekistonda dori vositalarini ishlab chiqarishda shifobaxsh shafran muhim xomashyo manbai bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.
“Shavkat Mirziyoyev soha mutaxassislariga bunday o‘simliklar turini ko‘paytirish va plantatsiyalarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi”, — deb yozadi O‘zA.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)