O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari davomida 24-fevral, juma kuni Qarshi tumanidagi “Nukrobod” qishloq fuqarolar yig‘inining Yakkayog‘och massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uylardan birida — Alisher Ahmedov xonadonida bo‘ldi.
O‘zA axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti bu yerda yashash uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishgan, xonadon sohiblari bilan dildan suhbatlashgan. Agentlikning yozishicha, “yosh oila a’zolari Shavkat Mirziyoyevga e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun samimiy minnatdorlik bildirgan”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)