O‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi xizmatidan foydalanib, Qatar Yulduzlar ligasidagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan “As-Sayliya” klubi 22-turda mag‘lub bo‘ldi.
Chempionatda karvonboshilik qilayotgan “Lahviya”ga qarshi saf tortgan “As-Sayliya” 1:2 hisobida yengildi. Uchrashuvda Temurxo‘ja Abduxoliqov to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Sanjar Shoahmedov 67-daqiqaga kelib zaxiradan maydonga tushdi.
Shoahmedovning o‘yinga qo‘shilishi “As-Sayliya” o‘yinidagi sifatni oshirdi. 82-daqiqada u to‘pni Temurxo‘ja Abduxoliqovga yetkazdi. Yakunda mazkur hujum qatarlik futbolchining goli bilan yakuniga yetdi. Biroq “As-Sayliya” mag‘lubiyatdan qutulib qololmadi.Ma’lumot uchun, Yulduzlar ligasini mavsum so‘nggida 4 ta klub tark etadi.
Qatar Yulduzlar ligasi 22-tur 23-fevral, payshanba
“As-Sayliya” — “Lahviya” 1:2
Gollar: Almuaz Ali, 18 (0:1). Yusuf Al-Arabi, 66 (0:2). Muhammad Muddaher, 83 (1:2).Sardor Rashidov va Sanjar Tursunov jamoalari 22-turni 25-fevral kuni o‘tkazadi. “Al-Jaish” o‘z maydonida “Al-Ahli”ni qabul qilsa, Tursunovning “Al-Haraytiyat” klubi “Ash-Shahaniya” maydonida saf tortadi.
Izoh (0)