Shimoliy Koreyaning Malayziyadagi elchixonasi xodimi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chon Nam o‘limi kuni Kuala-Lumpur aeroportiga kelgan. Bu haqda Malayziya politsiyasidagi manbalarga tayanib, Channel NewsAsia ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Telekanalga ko‘ra, diplomat aeroport videokuzatuv kameralari nigohiga tushib qolgan. U mazkur ishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan KXDRning 4 nafar fuqarosini kuzatib qo‘ygani bildirilmoqda.
Malayziya milliy politsiyasi rahbari Xolid Abu Bakir mamlakat huquq-tartibot idoralari Kim Chon Namning o‘limi bo‘yicha tergov doirasida yana ikki kishi — KXDR elchixonasi va Shimoliy Koreyaning Air Koryo aviakompaniyasi xodimlarini so‘roq qilish niyatida ekanligi, KXDR elchisi nomiga bunga ruxsat berish so‘ralgan talabnoma yo‘llanganini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)