Braziliyaning Baia do Sancho plyaji TripAdvisor talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi plyaji deb topildi. Bu haqda sayyohlik servisi sayti ma’lum qildi.
Travelers’ Choice 2017 mukofotini qo‘lga kiritgan ushbu plyaj Braziliya shimoli-sharqiy sohilidan 350 kilometr masofadagi Fernandu-di-Noronya arxipelagida joylashgan. TripAdvisor’ning qayd etishicha, Baia do Sancho’da yil davomida hordiq chiqarish mumkin.
25 o‘rindan iborat reytingning ikkinchi o‘rnidan Providensiales orolining Greys-Bey ko‘rfazida joylashgan plyaj o‘rin oldi. Uchinchi o‘rinni Karib dengizidagi Aruba orolida joylashgan Eagle Beach, to‘rtinchi o‘rinni esa Kubadagi Playa Paraiso plyaji egalladi. AQShning Florida shtatida joylashgan Siesta Beach plyaji ham reyting beshligidan joy oldi.
Reyting o‘nligidan, shuningdek, Ispaniya, Meksika, Adaman orollari, Gretsiya va Ekvadordagi sohilbo‘yi dam olish zonalari ham joy oldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)