Bugun — 20-fevral kuni Osiyo Chempionlar ligasi turnirida 2017-yilgi mavsumning guruh bosqichi rasman start oladi. Unda O‘zbekiston sharafini “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” klublari himoya qiladi.
Yangi formatga ko‘ra, Chempionlar ligasi uchrashuvlari endilikda dushanba—chorshanba kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
“Lokomotiv” dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:40 da “At-Taavun” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Qayd etish kerak, Saudiyaning bu klubi Osiyo Chempionlar ligasida ilk bor ishtirok etmoqda. “Lokomotiv” esa o‘zining so‘nggi mavsumida chorak finalga qadar yetib borgandi.
Mavsum avvalida “Lokomotiv” futbolchilari yarim finalni ko‘zlayotgani haqida aytib o‘tgandi. Shundan keyin jamoani Sanjar Shoahmedov, Ivan Nagayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Server Jeparov, Artur Gevorkyan, Nemanya Yanichich kabi futbolchilar tark etdi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar qanday bo‘lgani borasidagi savollarga bugun qisman javob topish mumkin.
Muxlislar bunga qadar “Nasaf” va “Bunyodkor” ishtirokidagi rasmiy o‘yinlarni ko‘rib ulgurgandi, “Lokomotiv” esa bugun oqshom yildagi ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazadi.
Izoh (0)