Aktrisa Sevara Soliyeva “Darakchi” nashrining “10 qaltis savol” loyihasida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda UZ24. Jurnalistning: “O‘zbek davlat drama teatrida ishlagandingiz. Teatrning talablariga bardoshingiz yetmadimi?”, — degan savoliga aktrisa quyidagicha javob bergan.

Foto: Instagram / @sevarasolieva_official_actress

Foto: Instagram / @sevarasolieva_official_actress

To‘g‘ri, bir yil ishladim. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida aktyor ko‘pligi bois O‘zbek Davlat drama teatri (sobiq Abror Hidoyatov nomidagi teatr)ga borgandim. Teatrning sharoiti talabga javob bermaydi, qishda juda sovuq. Qaynonam va onam bilan spektakl ko‘rgani borganimizda ham: “Muzlab qoldik, bu yerda qanday ishlaysiz?”, deyishgan edi.

Sevara Soliyeva, aktrisa

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!