O‘zbekistonda madaniyat xodimlarining mehnatlariga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15-fevraldagi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Farmonda 2017-yilning 1-iyuliga qadar madaniyat xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasini tayyorlash haqida ko‘rsatma berilgan.
Loyiha Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va Prezidentga taqdim etiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)