Bugun biz noutbuk tanlashda qilinadigan xatolar va bunga yo‘l qo‘ymaslik choralari to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Akkumulyatorda ishlash vaqti to‘g‘risida aytilganlarga ishonish
Mustaqil ishlash vaqti to‘g‘risidagi reklamada aytilganlarga ishonib o‘tirmasdan, yaxshisi, ma’lumotlarni forumlardan qidirish yoki tanishlardan surishtirgan ma’qul.Unumdorlik to‘g‘risidagi gaplarga ishonish
Ishlab chiqaruvchi kompaniya mahsuldor deb tez yuklanadigan, tez javob beradigan va GTA V va Battlefield 1 kabi zamonaviy o‘yinlarni bemalol o‘ynay oladigan, o‘yinlar uchun mo‘ljallangan noutbuklarni nazarda tutib aytgan bo‘lishi mumkin. Sotuvchilar gapiga ishonmasdan ishonchli manbalar bergan tavsiflarga e’tibor qarating.Intel protsessorining faqat seriyasiga (i5, i7) qarash
Har bir protsessor aniq modelini ko‘rsatuvchi kelib chiqishi va indeksidan iborat o‘zining kodlangan nomiga ega bo‘ladi. Lekin, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘pincha kelib chiqish kodi ko‘rsatiladi xolos. Shuning uchun siz birinchi navbatda qanday va nimaga mo‘ljallangan noutbuk olmoqchi ekanligingizni aniqlab olishingiz lozim.Manba: “Ferra.ru”
Izoh (0)