Texasdagi Glenn Xayts shahri politsiyasi xodimi Kris Vomek restoranni yonayotgan avtomobildan qutqardi, deb xabar bermoqda “Motor”. Hodisa politsiyachining avtomobilidagi videoregistratorga yozib olingan.
Kris Vomek Jack in the Box fast-fud tarmog‘i restoranlaridan biriga chaqiruv bo‘yicha yetib kelib, muassasa derazasi oldida yonayotgan Ford pikapini ko‘rgan.
U o‘z xizmat avtomobilini buksir sifatida ishlatib, alanga ichida qolgan pikapni xavfsiz joyga itarib borgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Pikapning yonib ketishi sabablari ma’lum emas.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)