Irlandiyalik yuguruvchi Engus Meldon universitetlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan yengil atletika bo‘yicha chempionat doirasida 800 metrga yugurish musobaqasida g‘alabani boy berdi.
Yugurish yo‘lagining yonida o‘tkazilayotgan langarga tayanib sakrash musobaqasi vaqtida yo‘lakka uzilib ketgan elastik tasmaning tushib qolishi bunga sabab bo‘ldi, deya yozmoqda TJournal.
Sportchi poyganing asosiy qismida yetakchilik qildi, biroq marraga qisqa masofa qolganda, uning oyoqlariga uzilib ketgan lenta bo‘lagi o‘ralashib qoldi. Natijada Meldon peshqadamlikni qo‘ldan chiqardi.
“Unga O‘rgimchak-odam hujum qildi!”, — deya bu holatga munosabat bildirdi musobaqa sharhlovchisi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)